NUTQ MADANIYATIGA OID TERMINLARNING NAVOIY ASARLARIDAGI TAHLILI
Abstract
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolamizda buyuk tilshunos olim Alisher Navoiyning nutq madaniyatiga oid yaratgan asarlarida qo‘llangan terminlarning mazmuniy tahliliga e’tibor qaratganmiz. Alisher Navoiyning o‘zi ham davrining mohir so‘zamoli, zabardast shoiri, yetuk suhandonlaridan biri bo‘lgan. Notiqlik masalasi bilan qiziqishi uning nihoyatda chuqur bilim egasi ekanligidan, o‘z bilimini turli dunyoviy ilmlarni o‘rganib oshirib borganligidan dalolat beradi. Alisher Navoiy o‘z asarlarida notiqlik bilan bog‘liq bo‘lgan “v’az”, “voizlik”, nadimlar, qissago‘ylar, masalgo‘ylar, badihago‘ylar, qiroatxonlar, muammogo‘ylar, voizlar, go‘yandalar, maddohlar kabi terminlardan samarali foydalangan.
Kalit so‘zlar: shoir, so‘z, nutq, voiz, va’z, go‘yanda, sozanda, maddoh.