ANTIK XORAZMDA URBANIZATSIYA VA SHAHARLAR TIZIMINING SHAKLLANISHI: IJTIMOIY-IQTISODIY, HARBIY OMILLAR

Авторы

  • Matyakubov Xamdam Xamidjanovich

Ключевые слова:

Antik Xorazm, urbanizatsiya, qadimgi shaharlar, shaharsozlik, Tuproqqal’a, Oqchaxonqal’a, Bozorqal’a, Katta Oybuyirqal’a, Kat, Qo‘rg‘oshinqal’a

Аннотация

Mazkur maqolada antik davrda Xorazm vohasida urbanizatsiya jarayonlarining shakllanishi va rivojlanish xususiyatlari arxeologik ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda miloddan avvalgi IV–III asrlardan milodiy III–IV asrlargacha bo‘lgan davrda Xorazm hududida shahar va qal’a tipidagi manzilgohlarning vujudga kelishi, ularning topografik tuzilishi hamda ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy va ma’muriy vazifalari yoritiladi. Tuproqqal’a, Oqchaxonqal’a, Bozorqal’a, Katta Oybuyirqal’a, Kat va Qo‘rg‘oshinqal’a kabi yodgorliklar misolida shaharlarning davlat boshqaruvi, mudofaa, savdo, hunarmandchilik va qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq funksiyalari ko‘rib chiqiladi. Xorazm urbanizatsiyasining Sug‘d va Baqtriya hududlaridagi shaharlashish jarayonlaridan farqli jihatlari ochib berilib, vohaning geografik muhiti, ko‘chmanchi chorvador qabilalar bilan iqtisodiy aloqalar, sug‘orma dehqonchilik va davlatning harbiy-ma’muriy siyosati shaharlar rivojiga ta’sir ko‘rsatgan asosiy omillar sifatida baholanadi.

Библиографические ссылки

Болелов С.Б., Ртвеладзе Э.В. Древнехорезмийское государство. Социально-экономический аспект // Хорезм в истории государственности Узбекистана. – Тошкент: 2013. – С.79-80.

Дальверзинтепе. Кушанский город на юге Узбекистана // Ответственный ред. Л.И.Ремпель. – Ташкент: Фан, 1978. – 240 с.

Мамбетуллаев М. Городище Айбуйир-кала // Археология Приаралья. – Ташкент: Фан, 1990. – С.102-105.

Массон В.М. Проблема древнего города и археологические памятники Северной Бактрии // Древняя Бактрия. – Л.: Наука, 1974. – С. 3-12.

Неразик Е.Е. Древние города Хорезма и пути их развития (IV в.до.н.э.- IV в.н.э). // Центральная Азия. Источники, История, Культура. – М.: 2005. – С. 549.

Сагдуллаев А. Қадимги Ўзбекистан илк ёзма манбаларда. – Тошкент: Ўқитувчи, 1996. – Б. 23.

Загрузки

Опубликован

2026-10-24