O’G’IL BOLADA PILOTSITAR ASTROTSITOMA BILAN ASSOTSIRLANGAN MARKAZIY ERTA JINSIY NRIVOJLANISH HOLATI HAQIDA HISOBOT
##article.subject##:
erta jinsiy rivojlanish, markaziy erta jinsiy rivojlanish, gipotalamo-gipofizar-gonadal o’q, telarxe, pubarxe, Tanner bosqichi, optic glioma, astrotsitoma, ependimoma, medulloblastoma, gipotalamik gamartoma, gidrosefaliya, serebral ishemiya, pilotsitar astrotsitoma, Prader orxidometriyasi, xiazma-sellar soha##article.abstract##
Kirish. Markaziy erta jinsiy rivojlanish deganda gipotalamus-gipofizar-gonadal o’qining erta faollashishi tushuniladi, buning natijasida ikkilamchi jinsiy xususiyatlar qizlarda 8 yoshgacha, o’g’il bolalarda 9 yoshdan avval paydo bo’ladi. Markaziy erta jinsiy rivojlanish aniqlangan bemorlarda MRT tasvirlarida o’smalarning quyidagi turlari aniqlanadi: astrositoma, ko’ruv nervi gliomasi, kraniofaringioma, gipotalamik o’smalar, ko’prik o’smalari, suprasellar o’smalar, to’rtinchi qorincha o’smalari, pineal o’smalar, neyroblastoma, germinogen o’smalar, retinoblastoma, gipofiz makroadenomasi, Ewing sarkomasi, Burkitt limfomasi va langergans hujayrali gistiotsitoz. Klinik holat taqdimoti. Ushbu maqolada biz 2 yoshida operatsiya qilingan, jinsiy rivojlanishi 4 yosh 6 oyligida boshlangan pilotsitar astrotsitoma bilan og’rigan o’g’il bolaning holatini taqdim etamiz. Hozirgi vaqtda bemor har 4 haftada 3,75 mg triptorelin atsetatni doimiy ravishda qabul qilmoqda, ikkilamchi jinsiy rivojlanish belgilari yo’q. Muhokama va xulosa. Bizning xabar qilingan holatda, pilotsitar astrotsitomaning umurtqa pog’onasiga metastazlanganligi kuzatilganligi sababli, bemorda xiazma-sellar sohadagi o’smani olib tashlash va bir qator kimyoterapiya muolajalari o’tkazildi. 3,5 yil o’tgach, bola 4,5 yoshga to’lganda, ikkilamchi jinsiy rivojlanish belgilari paydo bo’ldi. Urug’donlarning simmetrik kattalashishi, bazal va stimullangan LG miqdorining yuqoriligi, suyak yoshining 4 yilga oldinlab ketishi, erta jinsiy rivojlanishning boshqa shakllarini istisno qilgan holda, bemorga Markaziy erta jinsiy rivojlanish tashxisi qo’yildi. Bundan tashqari, bemor bolalar onkologi nazorati ostida, 6 oylik dinamik kuzatuv mobaynoda bolada o’sma o’sishining klinik va rentgenologik belgilari aniqlanmadi.
Библиографические ссылки
Alpers CE, Davis RL, Wilson CB. Persistence and late malignant transformation of childhood cerebellar astrocytoma. Case report. J Neurosurg. 1982;57:548–551. doi: 10.3171/jns.1982.57.4.0548. [DOI] [PubMed] [Google Scholar]
Burkhard C, Di Patre PL, Schuler D, Schuler G, Yasargil MG, Yonekawa Y, et al. A population-based study of the incidence and survival rates in patients with pilocytic astrocytoma. J Neurosurg. 2003;98:1170–1174. doi: 10.3171/jns.2003.98.6.1170. [DOI] [PubMed] [Google Scholar]
Cantas-Orsdemir S, Garb JL, Allen HF. Prevalence of cranial MRI findings in girls with central precocious puberty: a systematic review and meta-analysis. J Pediatr Endocrinol Metab 2018; 31: 701-10.
Carel JC, Leger J. Clinical practice. Precocious puberty. N Engl J Med 2008;358:2366–2377.PMID: 18509122.
Colin C, Padovani L, Chappe C, Mercurio S, Scavarda D, Loundou A, et al. Outcome analysis of childhood pilocytic astrocytomas: a retrospective study of 148 cases at a single institution. Neuropathol Appl Neurobiol. 2013;39:693–705. doi: 10.1111/nan.12013. [DOI] [PubMed] [Google Scholar]
Faizah MZ, Zuhanis AH, Rahmah R, Raja AA, Wu LL, Dayang AA, Zulfiqar MA. Precocious puberty in children: A review of imaging findings. Biomed Imaging Interv J. 2012;8:6–6. doi: 10.2349/biij.8.1.e6. [DOI] [PMC free article] [PubMed] [Google Scholar]
Fuqua JS. Treatment and outcomes of precocious puberty: an update. J Clin Endocrinol Metab. 2013;98(6):2198–207. doi: 10.1210/jc.2013-1024. [DOI] [PubMed] [Google Scholar]
Ilgren EB, Stiller CA. Cerebellar astrocytomas. Part II. Pathologic features indicative of malignancy. Clin Neuropathol. 1987;6:201–214. [PubMed] [Google Scholar]
Ius T, Cesselli D, Isola M, Pauletto G, Tomasino B, D'Auria S, Bagatto D, Pegolo E, Beltrami AP, Loreto CD and Skrap M: Incidental Low-Grade Gliomas: Single-Institution management based on clinical, surgical, and molecular data. Neurosurgery. 86:391–399. 2020. View Article : Google Scholar : PubMed/NCBI
Louis DN, Perry A, Wesseling P, Brat DJ, Cree IA, Figarella-Branger D, Hawkins C, Ng HK, Pfister SM, Reifenberger G, et al: The 2021 WHO classification of tumors of the central nervous system: A summary. Neuro Oncol. 23:1231–1251. 2021. View Article : Google Scholar : PubMed/NCBI
Ostrom QT, Gittleman H, Liao P, Rouse C, Chen Y, Dowling J, et al. CBTRUS statistical report: primary brain and central nervous system tumors diagnosed in the United States in 2007–2011. Neuro Oncol. 2014;16(Suppl 4):1–63. doi: 10.1093/neuonc/nou223. [DOI] [PMC free article] [PubMed] [Google Scholar]
Tanner JM, Davies PSW. Clinical longitudinal standards for height and height velocity for North American children. J Pediatr. 1985;107(3):317–29. doi: 10.1016/s0022-3476(85)80501-1. [DOI] [PubMed] [Google Scholar]
Valdueza JM, Lohmann F, Dammann O et al (1994) Analysis of 20 primary surgically treated chiasmatic/hypothalamic pilocytic astrocytomas. Acta Neurochir 16:44–50Return to ref 37 in articleArticle Google Scholar