ARTERIAL GIPERTENZIYA VA 2-TIP QANDLI DIABET BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA YURAK-QON TOMIR TIZIMINING REMODELLANISH XUSUSIYATLARI VA DAVONI OPTIMALLASHTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
##article.subject##:
arterial gipertenziya, 2-tip qandli diabet, yurak-qon tomir tizimi, qayta shakllanish, Diampa, Prestarium, Xorazm##article.abstract##
Dolzarblik: Arterial gipertenziya (AG) va 2-tip qandli diabet (QD2) birgalikda yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini kuchaytiruvchi asosiy xavf omillari hisoblanadi. Ayniqsa, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari murakkab bo‘lgan Xorazm viloyatida bu muammoning dolzarbligi yuqoridir. Maqsad: AG va QD2 bilan kasallangan bemorlarda yurak-qon tomir tizimi qayta shakllanish mexanizmlarini, klinik-funksional ko‘rsatkichlarini baholash hamda kompleks patogenetik davolashning samaradorligini o‘rganish. Materiallar va usullari: 42 nafar 41-70 yoshdagi bemor ishtirok etgan prospektiv tadqiqotda EKG, Xolter monitoring, exokardiografiya, SMAD va laboratoriya usullari yordamida yurak-qon tomir tizimi baholandi. Davolash sifatida empagliflozin (Diampa), perindopril (Prestarium) va Allapinin preparatlari qo‘llanildi. Natijalar: Davolash natijasida bemorlarning 78,6% da qon bosimi nazoratga olindi, chap qorincha gipertrofiyasi kamaydi, fraksiya chiqarilishi sezilarli oshdi. Shuningdek, ritm buzilishlari va buyrak funksiyasi buzilishlari kamaydi. Xulosa: AG va QD2 ning birgalikdagi kechishi yurak-qon tomir tizimida qayta shakllanish jarayonlarini kuchaytiradi. Kompleks patogenetik davolash esa yurak-qon tomir asoratlari xavfini kamaytirishda yuqori samaradorlik ko‘rsatdi.
Библиографические ссылки
ADA 2024 Standards of Medical Care in Diabetes. Diabetes Care. 2024;47(Suppl 1):S1–S315.
ACC/AHA Task Force on Clinical Practice Guidelines. 2017 Guideline for the Management of High Blood Pressure. Hypertension. 2018;71:e13–e115.
ADVANCE Collaborative Group. Intensive glucose control and vascular outcomes in type 2 diabetes. N Engl J Med. 2008;358(24):2560–2572.
ESC Guidelines on cardiovascular disease prevention in clinical practice: Eur Heart J. 2021;42(34):3227–3337.
Marso S.P., et al. Liraglutide and cardiovascular outcomes in type 2 diabetes. N Engl J Med. 2016;375:311–322.
UKPDS Group. Tight BP control and complications in type 2 diabetes. BMJ. 1998;317(7160):703–713.
Williams B. et al. 2018 ESC/ESH Guidelines for the management of arterial hypertension. Eur Heart J. 2018;39(33):3021–3104.
Zinman B., et al. Empagliflozin and cardiovascular outcomes in type 2 diabetes. N Engl J Med. 2015;373:2117–2128.
Герасименко Н.Ф., Горбунова Л.П. Коморбидность при ГБ и СД2. Вестник кардиологии. 2021;27(3):24–30.
Сидорова Ю.С., Иванова Т.А. Ремоделирование миокарда при метаболическом синдроме. Рос. кардиол. журн. 2022;31(1):56–62.