BIRLAMCHI BOSH MIYA O'SMASINI DAVOLASHDA QO’LLANILGAN NUR TERAPIYASI NATIJALARINI DINAMIK TAHLIL QILISH
##article.subject##:
bosh miya, nur terapiyasi, bir martali o‘choq dozasi, umumiy o‘choq dozasi, intensi IMRT, 3D-CRT, VMAT, SRS, DGT##article.abstract##
Dolzarblik: Saraton kasalligi soni yildan-yilga o'sib bormoqda. Bu zamonaviy dunyoda kompyuter yordamida vizualizatsiya qilingan tadqiqot usullaridan keng foydalanish bilan bog'liq. Onkopatologiya orasida bosh miya o’smasi alohida o'rin tutadi. Miya o'smalarini davolash zamonaviy neyroonkologiyaning dolzarb muammosidir, chunki bemorlarning omon qolish darajasi yaqin vaqtgacha past bo'lib kelgan va kasallikning o'zi nogironlik holatlarining ko'payishiga va hayot sifatining pasayishiga olib kelgan. Maqsad: birlamchi bosh miya o'smasi uchun nur terapiya olgan bemorlarning ma'lumotlarini analitik, tizimli tahlil qilish. Materiallar va usullar: 333 bemorda 2018 va 2024 yillar oralig'ida retrospektiv va prospektiv kasallik tarixi tahlili o'tkazildi va nur terapiyasi natijalari baholandi. Bemorlar 5 kun davomida kuniga bir marta o'rtacha 2,09±0,05 Gr ga teng bo'lgan bir martalik fokal dozani (BFD) va 52,56±0,57 Grga teng bo'lgan umumiy fokal dozani (UFD) olishdi. Natijalar: nur terapiyasini olgan 333 bemorning 178 nafari (53,4%) tirik edi. Vafot etgan bemorlarning soni 155 nafarni tashkil etdi, bu 46,6% holatlarga to'g'ri keldi. Ulardan 93 nafari erkaklar va 62 nafari ayollardir. Nur terapiyasidan keyingi birinchi yil davomida 53 kishi (34,1%) vafot etdi. Xulosa: o'smaga qarshi nur terapiyasi 70,9 foiz holatlarda IMRT usuli bilan amalga oshirildi; bosh miya o'smalari 90,7% ni tashkil etdi va ularning asosiy lokalizatsiyasi peshona bo'lagiga to'g'ri keldi (24,5%); nur terapiyasidan so'ng erkaklar orasida o'lim ko’rsatkichi yuqori bo’ldi.
Библиографические ссылки
Алмабек А.Т., Кайдарова Д.Р., Ким В.Б., Ибраимова М.А. 2021. Особенности лучевой терапии у пациентов с метастазами в головной мозг. Вестник Казахского Национального медицинского университета.. №1 С.57-59.
Банов С.М., Голанов А.В., Ильялов С.Р., Ветлова Е.Р., Маряшев С.А., Насхлеташвили Д.Р., Осинов И.К., Костюченко В.В., Дургарян А.А. . 2017. Результаты радиохирургического и лекарственного лечения пациентов с метастазами в головной мозг. Опухоли головы и шеи. Том 7 №3 С.19-30
Вошедский В. И., Сакун П. Г, Гусарева М. А., Дженкова Е. А., Енгибарян М. А., Рогова Т. С., Збраилова Е. С., Власов С. Г., Командиров М. А., Култышева Ю. А. 2021 г.Непосредственные результаты стереотаксической радиохирургии метастатического поражения головного мозга в ФГБУ «НМИЦ ОНКОЛОГИИ» МЗ РФ. Главный врач Юга России С.11-15
Екимов А.А., Казанцев А.О., Князев С.М., Колесников Е.С., Асеев Н.И. 2017 Интраоперационная лучевая терапия на установке «Intrabeam» в бу «Окружная клиническая больница» г. Ханты-Мансийска. Здравоохранение Югры: опыт и инновации. № 2. С 3-8.
Коваленко Н.В., Жаворонкова В.В., Иванов А.И., Петрова Е.Б., Беляевскова Е.Ю., Ненарокомов А.Ю., Чухнин А.Г., Толстопятов С.Е., Любимов П.А. 2021. Первый опыт клинического применения стереотаксической лучевой терапии в режиме гипофракционирования и радиохирургии при метастатическом поражении головного мозга. Вестник Волгоградского государственного медицинского университета. № 1 (77).С.25-28.
Сарычева М.М., Важенин А.В., Доможирова А.С. 2024г. Прогностические факторы эффективности при проведении повторного курса лучевой терапии у пациентов с продолжающимся ростом первичных глиальных опухолей головного мозга. Вестник Российского научного центра рентгенорадиологии; №1 С.59-70.
Ishkinin Y.I., Datbayev K.D., Raimbekov R.B., Ibrayev R.Z., Akhunova R.U., Raimzhanov K.B., Goncharova A.A., Turlybek ZH.G., Kaldarbekova G.M. 2020.Use of artificial intelligence program in radiation therapy. Kazakh Research Institute of Oncology and Radiology. Vol. 3. № 4 (58). С. 41-43
Lene Haldbo-Classen, Ali Amidi, Lisa M. Wu, Slavka Lukacova, Gorm von Oettingen, Hanne Gottrup 2019. Long-term cognitive dysfunction after radiation therapy for primary brain tumors Acta Oncologica Volume 58, Р.745-752.
Saad S, Wang TJC. 2015. Neurocognitive deficits after radiation therapy for brain malignancies. Am J Clin Oncol.Р.634–640.
Wen PY, Weller M, Lee EQ, Alexander BM, Barnholtz-Sloan JS, Barthel FP et al. 2020. Glioblastoma in adults: a Society for Neuro-Oncology (SNO) and European Society of Neuro-Oncology (EANO) consensus review on current management and future directions. Neuro Oncol. 17 Aug;22(8):1073-1113