ASSOTSIATIV LUGʻATLARNING YARATILISHIGA BIR NAZAR

##article.authors##

  • Tajiboyev Botir Raximjonovich

##article.subject##:

assotsiatsiya, milliy-madaniy birlik, assotsiativ bog‘lanish, assotsiativ munosabat, assotsiativ tahlil, assotsiativ tajriba, lisoniy omil, nolisoniy omil

##article.abstract##

          Ushbu maqolada milliy-madaniy birliklar asosida tuzilgan “O‘zbek tili assotsiativ lug‘ati”ning tahlili va unda qo‘llangan metodlar haqida so‘z yuritiladi. Ushbu lug‘atda o‘zbek millatigagina mansub bo‘lgan milliy birliklarning assotsiativ munosabati tahlilga tortilgan.

“O‘zbek tili assotsiativ lug‘ati (milliy-madaniy birliklar)” o‘zbek tili egalarining lisoniy qobiliyatini namoyish etuvchi lug‘at sifatida ahamiyatli. Lug‘at mualliflari aytishganidek, “bu tipdagi lug‘atlar muayyan tilning lug‘at tarkibini tekshirish, til egalarining leksik zaxirasi, xotirasi haqida ma’lumotga ega bo‘lish, olam haqidagi tasavvurlari, bilimining tilda aks etishi masalasini o‘rganish, tilni me’yorlashtirish kabi maqsadlarni ko‘zda tutadi”. Xarakterli jihati shundaki, bu lug‘at o‘zbek xalqining tarixiy xotirasi ichiga kirib, uning o‘tmish madaniyati  haqida ham ma’lumot bera oladi.

Lug‘at materiallarini tahlil qilar ekanmiz, zamonaviy o‘zbeklarning milliy qadriyatlarimizni qanday bilishlari, qay darajada tasavvur qilishlari, milliy-madaniy birliklari bo‘yicha til bilimlarini anglab yetamiz. Stimul so‘zlarga berilgan xalq maqollari, matallar, hikmatlar, iboralar hamda o‘ziga xos individual qo‘llanishlardan iborat assotsiatsiyalar o‘zbek xalqining, nafaqat o‘zbek xalqining, qolaversa butun turkiylarning o‘tmishi, dunyoqarashi, milliy ongi va tafakkuri haqida tasavvur uyg‘ota oladi.

Библиографические ссылки

“Алишер Навоий номидаги Тошкент давлат ўзбек тили ва адабиёти университетини ташкил этиш тўғрисида”ги фармон. 2016 https://lex.uz/docs/2959330

Kent G.H., Rosanoff A.J. (1910). A Study of Association in Insanity // American Journal of Insanity. – V. 67. – N 1-2. – P. 317-390.

Kiss G.R., Armstrong C., Milroy R. (1972). The Associative Thesaurus of English. Edinburgh: Univ. of Edinb., MRC Speech and Communication Unit, – 1539 p.

Kurcz I. (1967) Polski normy powczechności skojarzeń swobodnych na 100 slów z listy Kent-Rosanoff”a. – Studia psychologychne. Warszawa-WroclawKraków.

Lutfullayeva D., Davlatova R., Tojiboyev B. (2019). Oʻzbek tili assotsiativ lugʻati (milliy-madaniy birliklar). – Toshkent: “NAVOIY UNIVERSITETI”

Postman L., Keppel G. (eds.) (1970). Norms of Word Association. – New York and London: Academic Press, – 943 p.

Караулов Ю.Н. (1994). Русский ассоциативный словарь как новый лингвистический источник и инструмент анализа языковой способности // Русский ассоциативный словарь. Книга 1. – М. – С. 191.

Караулов Ю.Н. (2010). Активная грамматика и ассоциативно-вербальная сеть. – М.: ИРЯ РАН, 1999; Караулов Ю.Н. Ассоциативная грамматика русского языка. – М.: УРСС, – 328 с.

Лутфуллаева Д.Э. (2017). Ассоциатив тилшунослик назарияси. –Тошкент: Meriyus.

Русский ассоциативный словарь (1994-1998)/Сост. Ю.Н.Караулов, Ю.А.Сорокин, Е.Ф.Тарасов, Н.В.Уфимцева, Г.А.Черкасова. Т. 1-2. – М.

Титова Л.H. (1975). Киргизско-русский ассоциативный словарь. – Фрунзе: Мектеп.

Загрузки

##submissions.published##

2022-07-01