OHANG SITUATIV PRAGMATIK TIZIM BIRLIGI SIFATIDA
##article.subject##:
lisoniy sistema, nutqiy tizim, ohang, prosodika, segmental va supersegmental fonologiya##article.abstract##
Tilshunoslikda o‘zaro o‘xshash bo‘lgan hodisalar sirasini ajratish, axborot qiymati, lisoniy tizimdagi mavqeyi, vazifasi bir xil bo‘lgan hodisalarni sof lisoniy nuqtayi nazardan bir-biriga teng sifatida ayni bir paradigmaga yoki siraga birlashtirish o‘ziga xos ahamiyatga ega. Ko‘pincha, til tizimida o‘zaro assotsiativlik hosil qiladigan hodisalar bir xil qiymatga ega bo‘lganligi sababli ular orasidagi juz’iy farqlar tizim uchun befarq deb olinadi. Biroq keyingi lingvistik tadqiqotlar til tizimida bir umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab uchun bir necha birlik mavjud ekan, bu birliklarning hech biri tizim uchun ahamiyatsiz bo‘lmasligini, ular qaysidir jihati bilan bir-biridan farqlanishi va bir-birini taqozo etishini isbotladi.
Muayyan nutqiy sharoitda ma’lum bir axborotni tinglovchiga yetkazish uchun til tizimida mavjud bo‘lgan bir necha teng qiymatli hodisalardan aynan «bittasi» (zaruri, o‘rinlisi) tanlab olinadi. Tanlab olingan birliklar nolisoniy omillar (nutq sharoiti, vositasi, muloqot jarayoni, so‘zlovchi va tinglovchining vaziyati, ruhiy holati, bir-biriga munosabati, milliy-madaniy, yosh, jins kabi xususiyatlar bilan bog‘liq omillar v.h.) bilan qorishiq holatda qo‘llaniladi. Nolisoniy omillar nutqiy sistemada lisoniy tizim, lisoniy ma’no, lisoniy qiymat bilan aloqador emasdek ko‘rinadi.
Biroq tilshunoslik nolisoniy omillar (ekstralingvistik, paralingvistik…) sifatida baholagan birliklarning har biri kommunikatsiya jarayoni uchun o‘ta muhim. Hatto ba’zan nutq jarayonida nolisoniy birliklar nutqiy birliklardan ko‘ra ko‘proq ahamiyat va qiymat kasb etadi. Demak, tilda biror ahamiyatsiz hodisa bo‘lmagani kabi nutqda ham nutq tizimi uchun muhimlik kasb etmagan biror voqelik yo‘q va bo‘lmaydi ham.
Bu fikrni aynan ohang misolida dalillashga harakat qilamiz.
Библиографические ссылки
Abduazizov A. Tilshunoslikka kirish. – T.: Sharq, 2010. –178 b. – 22-b.
Abdulla Qahhor. O‘tmishdan ertaklar. – T.: Yangi asr avlodi, 2019.– 397 b.
Артунова. Н.Д. Предложение и его смысл. – M.: Либроком, 2013.
Бурак М.А. Реализация интонации в дискурсе. – Курск, 2010. –14-c.
Gasanova T.N. Краткая история развития и формирования интонологии // Молодой ученый. – 2012. –№9. – С. 182-185.
Haydarov A. Intonatsiyaning uslubiy xususiyatlari//BuxDu ilmiy axborotnomasi.–Buxoro, 2006. – 3-son.–69-72-b.
Ҳошимов Ў. Дунёнинг ишлари. – T.: Адабиёт учқунлари, 2018.– 206 б.
Jamolxonov H. O‘zbek tilining nazariy fanetikasi. – T.: Fan, 2009. –224 b.
Кантер Л.А. Системный анализ речевой интонации. – M., 1978.–92-114-c.
Mirtojiyev M. Tovushlardagi ma’no. – T.: O‘zbekiston, 1982.– 24-b.
Қиличев Э. Ўзбек тилининг практик стилистикаси. –Т.: Ўқитувчи, 1985. –104 б.
Торсуева И. Г. Интонация и смысл высказывания. – М., 1979.
Юлдашева Д. Н. Сукут нутқий мулоқотнинг таркибий қисми сифатида //Сўз санъати халқаро журнали. – 2020. – Т. 3. – №. 3. www.tadqiqot.uz
Tueva Zulfiya Nozimovna, Yuldasheva Dilorom Nigmatovna. Statement and about its types. International Scientific Journal ISJ Theoretical & Applied Science Philadelphia, USA issue 01, volume 93 published January 30, 2021. – Pag.72-77. https://elibrary.ru/item.asp?id=44644256
Yuldasheva Dilorom Nigmatovna. Silence-is a nonverbal unit of speech communication. Impact Factor (SJIF 20 20= 6.156) “American Journal of Research”, 2020, 11-12 issue of the Journal.– Pag.87-95. https://journalofresearch.us/wp-content/uploads/2020/12/2020_11_12-AJR_11.pdf
Ашурбаева Р. К. Концепция интеграции и ее применение в образовании SOI: 1.1 / TAS DOI: 10.15863/TAS// Теоретические и прикладные науки. 2020. 02 том.
Chullieva G.T. Units of speech intonation//International Journal of (IJRD). Research & Development Monthly Peer Reviewed. Volume: 5, Issue:10, October 2020. EPRA 259-263-p.
Chullieva, Gulchehra Toshpulot kizi;. Units of speech intonation//Research & Development, Volume: 5, Issue:10,259-263,2020.
Дубровина С.Н. Вариативность как универсальное свойство языка. Верхневолжский филологический вестник (журнал).2015 й.,№ 3.
Кантер Л.А. Системный анализ речевой интонации. Учебное пособие. – М.: Быфшая школа, 1988. 129 с.