FAKTIVLIK ASOSIDAGI KAUZATSIYA
##article.subject##:
faktiv, subyekt, individ, referent, konstanta, kauzaoperator, kauzator, kauzant, kauzaderivatsiya##article.abstract##
Mazkur maqolada kauzativlik tushunchasining faktivlikka tayangan holati o‘z aksini topgan bo‘lib, unda faktiv kauzatsiyaning o‘ziga xos turlari haqida malumotlar keltirilgan. Faktivlikda faqat ikki shaxs o‘rtasidagi kauzatsiyani emas, balki predmet yoki tushunchaning shaxsga ta’sirini ham kuzatish mumkin. Bunday kauzal munosabat kauzativatsiyaning barcha yo‘nalishlariga (semantik, morfologik, sintaktik) xos bo‘lib, maqolada, asosan, morfologik rejadagi kauzatsiya haqida so‘z boradi. Morfologik kauzatsiya esa affiksal morfemalar va analitik vositalar orqali voqelanadi. Talaygina tillardagi kabi (ruanda, eskimos, buryat, venger, kechua, turk, tojik, duala, nivx va boshqalar) o‘zbek tilida ham kauzativlik ifodasini beruvchi affiksal morfemalar mavjud bo‘lib ular asosida biror shaxs tomonidan, ma’lum sababga ko‘ra, kimnidir qandaydir harakatni bajarishga undash ma’nosi borligi kuzatiladi. Bunday qo‘shimchalar jumlasiga fe’lning orttirma nisbati, o‘zlik nisbati, buyruq-istak mayli shakllarini kiritishimiz mumkin. Ushbu qo‘shimchalar qurshovida kauzativlikning ro‘yobga chiqishi til belgilarining mikrosintagmatik munosabatlaridan dalolat beradi. Bu, o‘z navbatida, kichik sintaksisning o‘rganish obyekti sanaladi.
Библиографические ссылки
Абдиев Т. Конструкции с каузативными глаголами в киргизском языке.-Бишкек: Манас, 2009 (Abdiev T. Constructions with causative verbs in the Kyrgyz language.-Bishkek: Manas, 2009).
Ахманова О. С. Словарь лингвистических терминов. –М.: Советская энциклопедия, 1969 (Akhmanova O.S. Dictionary of linguistic terms. –M .: Soviet Encyclopedia, 1969).
https://terijoki.spb.ru; https://www.suomesta.ru/2013/01/07/translativ/
Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati. -Toshkent: Universitet, 2000 (Rakhmatullaev Sh. Etymological dictionary of the Uzbek language. -Tashkent: University, 2000).
Холодович А. А. Типология каузативных конструкций. Морфологический каузатив.-Л.: Наука, 1969 (Kholodovich A.A.Typology of causative constructions. Morphological causative.-L.: Nauka, 1969).