ISTIQLOL DAVRI SHE’RIYATIDA AYOLLAR OBRAZI
##article.subject##:
nazariy poetika, obraz, obrazlilik, individuallik, estetik ta’sirdorlik, mavzu, g‘oya, mazmundorlik, tahlil prinsiplari, badiiy olam, ohangdorlik, musiqiylik##article.abstract##
Ma’lumki, adabiyotshunoslikda shoiralar yaratgan ayollar obrazi shoirlar asarlaridagi ayol obraziga nisbatan bir qator o‘ziga xos individual xususiyatlarga egaligi ularni qiyosan o‘rganish hamda alohida xarakter sifatida e’tirof etish uchun asos bo‘lmoqda va bu borada yangicha qarashlar maydonga kelmoqda. Hozirgi o‘zbek she’riyatida ayol obrazining yaratilishi masalasi umumbashariy va milliy qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan, ma’nan va ruhan yangilanayotgan qahramonlar sifatida o‘zligini namoyon etuvchi jihatlarini ko‘rsatishdan iborat. Ayol obrazi–she’riy asarning asosi sifatida, uning estetik ta’sirdorligini, hayotbaxshligini ta’minlovchi kategoriya sifatida e’tirof etiladi. Ushbu maqolada muallif masalaning aynan mana shu jihatlariga e’tiborini qaratadi. Shoiralarning she’rlaridagi ayollar obrazi va uning o‘ziga xos jihatlarini tahlilga tortadi va o‘z munosabatlarini bildiradi. Ayollar obrazining adabiyotda, xususan she’riyatda o’rni nechog’li muhim ekanligi maqolada o’zbek shoiralarining she’rlarining tahlili orqali ham yoritiladi.
Библиографические ссылки
www.islom.uz. Қуръони карим. Бақара сураси, 187-оят.
Аҳмедова Ҳ. Тунгги марварид гуллар. Шеърлар. Т., Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1988.
Mirvaliyev S. Oʻzbek adiblari. T., Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016.
Норматов У. Ижод сеҳри. Т., “Шарқ” нашриёт – матбаа акциядорлик компанияси бош таҳририяти, 2007.
To‘xliyev B. Adabiyot o‘qtish metodikasi. –T.: Bayoz, 2010.
Йўлдошев Қ. Ёниқ сўз. Т., “Янги аср авлоди”, 2006.
Шлегель Ф. Эстетика. Философия. Критика: В 2 т. Т. 2.
Худойбердиева Ҳ. Сайланма. “Шарқ” нашриёт матбаа концерни бош таҳририяти. Т., 2000.
Ғафуров И. Дарёнинг овози. Ҳалима Ҳудоёбердиеванинг “Буюк қушлар” шеърий тўпламига ёзган сўз боши. Т., Ўзбекистон, 2012.