O'ZBEKISTONDA ARAB TILINI O'QITISH (ARAB TILI O'QUV QO`LLANMASINI ISHLAB CHIQISH VA UNI O'QITISH METODIKASI)
##article.abstract##
O‘zbekistonning tarixi islom dini bilan chambarchas bog‘liq va islom dini arab tili va adabiyotini O‘rta Osiyoda tarqalishiga katta ta’sir ko‘rsatgani ma’lum. Shuningdek, bu qadimgi qadriyat va urf-odatlar ushbu xalq hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bir necha asrlar davomida islom sivilizasiyasini boyitish va barpo etishda O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan qomusiy allomalarning asarlari noyob meros bo‘lib kelmoqda.
Mustaqillikka erishgandan so‘ng O‘zbekistonning aksariyat institutlari va universitetlarida arab tili yo‘nalishlari va markazlari tashkil etildi va arab tilini har tomonlama rivojlantirishga harakat qilinmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda arab tilini rivojlantirish va yoyish hozirgi O‘zbekiston hukumatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan ochiqlik siyosatidan so‘ng arab tiliga bo‘lgan e’tibor ko‘zga tashlanmoqda.
O‘zimning o‘n bir yildan ortiq vaqt mobaynida o‘zbekistonlik talabalarga arab tilini o‘rgatish sohasida olib borayotgan faoliyatim davomida talabalarga bu tilni o‘qitish jarayonida ko‘plab qiyinchiliklar va muammolar mavjudligi ma’lum bo‘lmoqda. Bu qiyinchilik va muammolarni hal etish yuzasidan tadqiqotlar olib borayapman. Tadqiqotning asosiy maqsadi O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarida arab tilini o‘qitish metodikasi va muammolarini o‘rganish hamda ularni hal qilish borasida yangi ilmiy-amaliy metodlarni taqdim etish.