JANUBIY KOREYALIK YOZUVCHI KON JIYONNING “BIZNING BAXTLI DAMLARIMIZ” ROMANIDAGI OBRAZLAR RUHIYATI TASVIRI

##article.authors##

  • Turakulova Sitora Fazlidinovna

##article.subject##:

o‘smirlik davri, travma, identiklik, janubiy koreys adabiyoti, Kon Jiyon, Mun Yujon, ekzistensial inqiroz

##article.abstract##

Mazkur ilmiy maqola janubiy koreyalik yozuvchi Kon Jiyonning “Bizning baxtli damlarimiz” romanida o‘smirlik davri tasvirining badiiy va psixologik tahliliga bag‘ishlangan. Asarda bosh qahramonlar — Mun Yujon va Chon Yunsu — hayoti misolida o‘smirlik davrida kechgan og‘ir travmatik tajribalarning shaxsiy identiklik, emotsional rivojlanish va ruhiy holatga ko‘rsatgan uzoq muddatli ta’siri chuqur yoritiladi. Maqolada o‘smirlik bosqichi oddiy biografik epizod sifatida emas, balki qahramonlar psixologik shakllanishida hal qiluvchi bosqich sifatida tahlil qilinadi. Maqola doirasida travma psixologiyasi, rivojlanish psixologiyasi, adabiyotshunoslik va madaniyatshunoslik sohalarini birlashtiruvchi interdiscipliner yondashuv qo‘llaniladi. Yozuvchi Kon Jiyon o‘z romanida ruhiy travma, emotsional izolyatsiya, gender rollari, jamiyat bosimi, diniy qadriyatlar va ijtimoiy tengsizlik singari dolzarb mavzularni o‘smirlik tajribasi kontekstida yoritadi. Muallif retrospektiv narratsiya, ichki monolog, ong oqimi kabi psixologik realizmga xos adabiy vositalar orqali o‘quvchini qahramonlarning ichki kechinmalari bilan yaqinlashtiradi. Maqola, shuningdek, o‘smirlik obrazining ijtimoiy va axloqiy yukini ochib berar ekan, bu davrni adabiy va psixologik tahlil qilish orqali jamiyatdagi ruhiy salomatlik, gender tengligi va shaxsiy rivojlanishga oid muhim muammolarga e’tibor qaratadi. Ushbu tadqiqot Gon Jiyon romanining o‘ziga xos estetik va sotsial ahamiyatini yoritib beradi hamda zamonaviy koreys adabiyoti doirasida o‘smirlik fenomenining badiiy talqiniga ilmiy hissa qo‘shadi.

Библиографические ссылки

Kon Jiyon “Bizning baxtli damlarimiz” asari. Korea, Seul-2005.

Kim, H. J. (2022). Contemporary Korean Literature: Identity and Social Critique. Seoul: Minumsa Publishing.

Van der Kolk, B. (2014). The Body Keeps the Score: Brain, Mind, and Body in the Healing of Trauma. Viking.

Хaлизев В.Е. Теoрия литерaтуры. Высшaя шкoлa. – Москва, 2004.

Жирмунский В.М. Сравнительное литературоведение и проблема литературных влияний, «Изв. АН СССР. Отд. обществ, наук», 1936, № 3.

Sulton I. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2005.

Лингвистический энциклoпедический слoвaрь / Гл. редaктoр –Ярцевa В.Н., Сoв. Энциклoпедия. − М., 1990. – 685 с.

Загрузки

##submissions.published##

2026-07-09