LUQMON BO‘RIXONNING “JAZIRAMADAGI ODAMLAR” ROMANIDA BADIIY TILNING IFODALANISHI
##article.subject##:
muallif nutqi, personaj nutqi, badiiy til, sheva, frazeologizm, kinoya##article.abstract##
Badiiy til – bu adabiyotda va san’atda o‘ziga xos tarzda ishlatiladigan til bo‘lib, uning asosiy maqsadi o‘quvchi yoki tinglovchiga estetik zavq ulashish, his-tuyg’ularni va fikrlarni chuqurroq, teranroq va yanada tasviriy tarzda ifodalashdir. Badiiy tilda oddiy kundalik turmushda foydalaniladigan tilning sodda grammatik va semantik shakllaridan foydalanishdan ko‘ra, yanada boy va san’atkorona ifodalash usullari qo‘llaniladi. Mazkur maqolada Luqmon Bo‘rixonning “Jaziramadagi odamlar” romanining til xususiyatlari biografik hamda madaniy-tarixiy metodlar asosida tahlil qilingan. Muallif hikoyachi qahramon Samad Do‘lanovga asardagi asosiy mas’uliyatni yuklagan bo‘lib, romandagi barcha personajlarning harakat-holati, portretini tasvirlash va xarakter xususiyatlarini, tabiat manzaralarini ifodalashida adabiy til me’yorlaridan foydalangan. Personajlar nutqini shakllantirishda esa shevaga xos so‘z va iboralardan keng foydalanilgan. Yozuvchi zamonaviy mavzudagi ushbu asarida muallif va personajlar nutqini yaratishda badiiy tilning barcha xususiyatlaridan unumli foydalanganligi misollar vositasida dalillangan.
Библиографические ссылки
Sharafiddinov O. Haqiqatga sadoqat. Toshkent, G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1989, – B.164.
Zunnunov A., Xotamov N. Adabiyot nazariyasidan qo‘llanma. Toshkent, O‘qituvchi, 1978. – B.62.
Sulton I. Adabiyot nazariyasi. Toshkent, O‘qituvchi, 1980, 197-200-b.
Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. Toshkent, O‘zbekiston, 2001. – B. 560.
Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. Toshkent, Akademnashr, 2018. – 480 b.
Luqmon Bo‘rixon. Jaziramadagi odamlar. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi, 2005. – B. 336.
Qayumov A. Hozirgi o’zbek nasrida milliy xarakter va badiiy mahurat. Filol.fan.bo’y.fals.dok(Phd)diss. Farg’ona, 2018. –160 B.
Turdiyeva Y. (2024, January). Luqmon Bo‘rixonning “Jaziramadagi odamlar” romanida mahalliy kolorit. In Konferensiyalar| Conferences (Vol. 1, No. 4, Pp. 344-347).
Ahmadjonova M., Hakimov, M. (2024). Badiiy asar tilining lingvistik tahlili. Worldly knowledge conferens, 8(1), 344-346.
Xamidova D. (2023). Luqmon Bo‘rixonning “Jaziramadagi odamlar” romanida ruhiyat. Farg'ona davlat universiteti, (6), 75-75.