HOZIRGI O‘ZBEK TILIDA “TARBIYA” LEKSIK-SEMANTIK MAYDONI TARKIBI VA TASNIFIGA OID QARASHLAR

##article.authors##

  • Sharopova Ra’no
  • Karimova Latofat

##article.subject##:

tarbiya, mikromaydon, axloqiy tarbiya, semantik maydon, yadro, markaz, qurshov, chekka, lisoniy birliklar

##article.abstract##

Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi “tarbiya” leksik-semantik maydoni tahlil qilingan bo‘lib, “tarbiya” mohiyati nafaqat lisoniy birlik sifatida, balki jamiyatning ma’naviy, axloqiy va pedagogik qadriyatlarini aks ettiruvchi vosita sifatida ham ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada “tarbiya” so‘zining turli lug‘atlardagi semantik tavsifi, pedagogik adabiyotlar, shuningdek Abdulla Avloniy kabi ma’rifatparvarlar asarlari orqali ochib berilgan.

“Tarbiya” atamasi orqali axloqiy fazilatlar – vijdon, halollik, sabr, sadoqat, olijanoblik kabi ijobiy leksemalar markaziy semantik yadroni tashkil etadi, ularning qarshisida esa salbiy sifatlarni bildiruvchi so‘zlar joy oladi. “Tarbiya” konseptining semantik tahlili, mavhumlik darajasi, aksiologik xususiyatlari va milliy qadriyatlar bilan bog‘liqligini ochib berish bilan birga, o‘zbek tilida shakllanayotgan tarbiya semantik maydonining tuzilmasi – yadro, markaz, qurshov va chekka qismlari belgilandi.

Библиографические ссылки

Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. www.ziyouz.com kutubxonasi, B.3.

Egamberdiyeva N., Xodjayev B., Begimqulov U., Yo‘ldashev I. va b. Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning tarbiya texnologiyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2012. – B. 43.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Besh jildlik, 3-jild. B.112.

O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, o‘n ikki tomlik. 9-jild. –T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. – T.: 2006. B.114.

Загрузки

##submissions.published##

2025-09-17