OTLARNING SEMANTIK TASNIFIDA XALQARO STANDART TEGLASH TIZIMLARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI

##article.authors##

  • Nilufar Abduraxmonova
  • Tirkashev Jasurjon Uktam o‘g‘li

##article.subject##:

: semantik maydon, semantik iyerarxiya, teg, leksikologiya, ot so‘z turkumi, WordNet, USAS, FrameNet, SRL, ISO 24617-8, semantik tasnif, korpus lingvistikasi, mashina tarjimasi, ontologik resurslar

##article.abstract##

Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi ot so‘z turkumiga oid leksemalarni semantik maydonlarga ajratish va teglash masalasi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda so‘zlarni ma’no jihatdan guruhlash va ularni iyerarxik tuzilmalarga joylashtirishning nazariy va amaliy jihatlari o‘rganiladi. WordNet, FrameNet, USAS, PropBank, PDT, Vallex, Crovallex va Ukrainian Semantic Lexicon kabi xalqaro semantik teglash tizimlari tajribasi tahlil qilinadi. O‘zbek tilidagi 1000 dan ortiq ot namunasi ISO 24617-8 standartlari va WordNet tasniflariga asoslangan holda 14 ta asosiy semantik maydon va ularning ichki bo‘linmalariga ajratilib, teglar bilan belgilanadi. Tadqiqot jarayonida semantik maydon va iyerarxiya tushunchalarining farqlari, shuningdek, ularning o‘zaro uyg‘unligi qiyosiy tarzda taqdim etiladi. Olingan natijalar teglash tizimining 92% aniqlik darajasiga erishganini ko‘rsatdi, bu esa ushbu metodning o‘zbek tili uchun samaradorligini tasdiqlaydi. Semantik teglashning mashina tarjimasi, matn tahlili va axborot qidiruvi kabi sohalardagi amaliy ahamiyati muhokama qilinadi. Yakunda o‘zbek tili uchun semantik korpus va lug‘atlar yaratish bo‘yicha takliflar berilib, kelajakdagi izlanishlar yo‘nalishi belgilab chiqiladi. Ushbu ish o‘zbek tilining leksik boyligini raqamli texnologiyalar doirasida chuqurroq o‘rganish va xalqaro lingvistik tadqiqotlarda uning o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Библиографические ссылки

Gries S. Th., Berez A. L. Linguistic annotation in/for corpus linguistics // Ide N., Pustejovsky J. (eds.). Handbook of Linguistic Annotation. – Dordrecht: Springer, 2017.

Sharipova M. E. Semantic Field of the Word // International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities. – Washington (USA), 2022. – 20–21 mart. – S. 163–168.

Abduraxmonova N. Z., Xaydarov M. R. O‘zbek tilida WordNet yaratish masalalariga doir // O‘zbekistonda xorijiy tillar: ilmiy-metodik elektron jurnal. – 2019. – №4 (27). – B. 19–27.

Unit 4: Corpus annotation // Educational material on corpus linguistics. – B.e.k. (bosma er va kuni ko‘rsatilmagan).

Gantar P., Štrkalj Despot K., Krek S., Ljubešić N. Towards semantic role labeling in Slovene and Croatian // Proceedings of the Conference on Language Technologies & Digital Humanities. – Ljubljana, 2018.

Загрузки

##submissions.published##

2025-09-17