SHAYXIMBEK SUHAYLIY ALISHER NAVOIY TALQINIDA
##article.subject##:
XV asr, Hirot, Xuroson, Husayn Boyqaro, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Suhayliy, she’r, shoir, muhrdor, vazir, “Badoyi’ul-bidoya”, “Xamsatul- mutahayyirin”, “Favoyidul-kibar”, “Soqiynoma”, “Layli va Majnun”, “Mahbubul-qulub”, Sa’diy Sheroziy, “Bo‘ston”, “Guliston”, Xusrav Dehlaviy, Salmon Sovajiy, Kamol Isfahoniy, Xoja Kamol, XII asr, Bobur, “Boburnoma”, Jaloliddin Rumiy, yori aziz, forsiydisor, turkiyshior, shukr, zuhd, zohid, tasbih, tashbih, istiora, ishq, oshiq, fasl, bob, tanbeh##article.abstract##
Shayximbek Suhayliy o‘zbek va fors-tojik tillarida nozik asarlar yaratgan iste’dodli shoirdir. U o‘zining nafis lirik she’riyati, noyob talanti, hamida axloqi, maniyatparvarligi, ibratli ijtimoiy-siyosiy faoliyati bilan zamondoshlari o‘rtasida katta nufusga ega bo‘lgan. Bir qator badiiy, tarixiy, tarixiy- adabiy tazkira, manoqib asarlar va lug‘atlarda Shayxim Suhayliy hayoti va adabiy merosiga doir muhim mulohazalar bildirilgan. Iste’dodli shoir ijodiga qiziqish unga munosabat bildirish Shayxim Suhayliy hayotligidayoq boshlangan. Uning ijodiyoti o‘z davridayoq adabiyot ahllarining yuksak bahosiga sazovor bo‘lgan. Alisher Navoiy Shayxim Suhayliyni Sharq mumtoz she’riyatining Shayx Muslihiddin Sa’diy, Amir Xusrav Dehlaviy, Salmon Sovajiy, Kamol Xo‘jandiy kabi ulug‘ namoyandalari bilan bir qatorga qo‘yadi.
Maqolada XV asrning ikkinchi yarmida forsiy va turkiy tilda qalam tebratgan iste’dodli shoir Shayximbek Suhayliyning she’riyati, axloqiy fazilatlari hamda ijtimoiy faoliyati haqida mulohaza yuritiladi. Alisher Navoiyning Shayximbek Suhayliy bilan insoniy va ijodiy munosabatlariga e’tibor qaratiladi. Buyuk mutafakkirning “Majolisun-nafois” tazkirasi, “Badoyi’ul-bidoya” devoni debochasi, “Layli va Majnun” dostoni, “Favoyidul-kibar” devoni tarkibidagi “Soqiynoma”si Shayximbek Suhayliy shaxsiyati va ma’naviy merosini o‘rganishda nodir manba ekanligi asoslab beriladi.
Библиографические ссылки
Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. (Matn) tarjima va tavsir muallifi: Shayx Abdulaziz Mansur. – Toshkent: Sano-standard, 2021. – 624 b.
Алишер Навоий. Маҳбубул-қулуб Бухоро санъат музейи хазинасидаги 27780-рақамли қўлёзма. – 121 в.
Абдуллаев В. Навоий Самарқандда. – Тошкент: Бадиий адабиёт нашриёти, 1968. – 136 б.
Afsahzod A. Suhayliy shoiri hamasri Jomiy// Maktabi soveti, 1967, №7.
Bertel E.E. Navoiy. Moskva-Leningrad, 1948. Str. 33.128.
Bobur Z.M. Boburnoma. – Toshkеnt: Yulduzcha, 1990. – 367 b.
Бухорий, Абу Абдуллоҳ Муҳаммад ибн Исмоил. Ал-Жомиъ ас-саҳиҳ /Ишонарли тўплам/. 4 жилдлик. 4-жилд. – Тошкент: Қомуслар бош таҳририяти, 1992. – 528 б.
Valixo‘jayev B. Shoirning do‘sti. // Sharq yulduzi. 1968, №1.
Vohidov R. Suhayliy. Toshkent: Fan, 1976, – 40 b.
Кайковус. Қобуснома. – Тошкент: Мерос, 1992. –175 б.
Navoiy A. Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik, 1-jild. – Toshkеnt: Fan, 1987. – 620 b.
Navoiy A. Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik, 6-jild. – Toshkеnt: Fan, 1990. – 548 b.
Navoiy A. Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik, 9-jild. – Toshkеnt: Fan, 1992. – 356 b.
Навоий А. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдлик, 12-жилд. –Тошкент: Фан, 1996. – 326b.
Navoiy A. Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik, 13-jild. – Toshkеnt: Fan, 1997. – 284 b.
Navoiy A. Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik, 14-jild. – Toshkеnt: Fan, 1998. – 304 b.
Navoiy A. Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik, 15-jild. – Toshkеnt: Fan, 1999. – 236 b.
Rumiy J. Ichindagi ichindadir. Toshkent: Yozuvchi, 1997. – 192 b.
Саъдий Шерозий. Бўстон. – Тошкент: Бадиий адабиёт, 1960. – 140 б.
Xondamir G‘. Makorimul-axloq. – Toshkent: Akadem nashr, 2018. – 368 b.