KO’TARMA KANALLAR BETON QOPLAMALALARINING SUVO’TKAZMASLIGI BUYICHA DALA TADQIQOTLARI

##article.authors##

  • Qulumbetov Bahodir Palvanbayevich
  • Bakiev Masharif Ro'zmetovich
  • Yakubov Quvonchbek Tadjibaevich
  • Uzoqov Jalgas Uzoqovich

##article.subject##:

Kutarma kanal, suvo'tkazmaslik, beton, geomembrana, geotekstil, bug'lanish va vaqtinchalik to'g'on

##article.abstract##

Kanalning beton uchastkasini suv bilan to’ldirib tekshirishdan asosiy maqsad bajarilgan ishlarning suv o'tkazmasligi va chidamliligini tekshirish edi. Ishni baholash sifati kanalning tanlangan qismini maksimal darajada suv bilan to'ldirish va suvni ushlab turish davrida kanal qirg'oqining tekshirish orqali aniqlanishi kerak.

Kanal qirg‘og‘ining sifatini baholashga ta’sir etuvchi omillar kanal qirg'oqlari orqali suv oqishini tekshirish hisoblanadi. Agar geomembrana to'g'ri yotqizilmagan yoki teshilgan bo'lsa, betonning sifati past bo'lsa, choklar to'g'ri to'ldirilmagan bo'lsa, geomembrananing birlashmasi to'g'ri bajarilmagan bo'lsa, kanal qirg'og'I orqali sizib chiqishi mumkin.

Betonlangan uchastkani suv bilan to’ldirib sinovdan o'tkazish uchun kanalning uzunligi 50 m bo'lgan qismi tanlangan.

Maʼlumotlarini toʻplash va kuzatish 2020-yil 30-maydan 2020-yil 05-iyungacha yeti kun davomida amalga oshirildi. Etti kun davomida sizib chiqishni kuzatishdan tashqari, bug'lanish yo'qotishlarini hisoblash uchunob-havo ma'lumotlari to'planib borildi.

7 kun davomida kanalning har ikki tomonida kanal qirg‘oqining tashqi tomonida suv oqishi va boshqa belqilari kuzatilmadi. Kuzatishlardan ko'rinib turibdiki, bajarilgan ishlarning sifati qoniqarli, qum to'siqlari barqaror. Geomembrana suv o'tkazmaydigan va o'zvazifasini bajaradi.

Kanaldagi suv sathi bug'lanishga yo'qolishi sababli pasaydi, bug'lanishni hisoblash uchun harkuni ob-havo ma'lumotlari olib borildi. Bug'lanish tufayli o'rtacha yo'qotish 25,7 mm / kunni tashkil etdi.

Библиографические ссылки

Ищенко, А. В. Гидравлическая модель водопроницаемости и эффективности противофильтрационных облицовок крупных каналов. Известия ВНИИГ им. Б. Е. Веденеева. –2010. –Т. 258. –С. 51-64.

2.Алимов А. Г. Результаты определения потерь воды на фильтрацию через монолитную бетонную облицовку при различном подпоре грунтовых вод. Волгогипроводхоз. – Волгоград,1977. – 4 с.

Алимов, А. Г., ГольденбергЭ. И., ИвановВ. М. Натурные исследования противофильтрационных одежд оросительных каналов. Гидротехника и мелиорация. – 1977. –№ 8. –С. 33-38.

Алтунин В.С., Бородин В.А., Ганчиков В.Г., КосиченкоЮ.М.Защитные покрытия оросительных каналов. –М.Агропромиздат.1988.-160с

Файзиев Х., Жўраев К.Т. Анализ причин деформаций в слабоустойчивых грунтах оснований гидротехнических сооружений. Архитектура. Строительство. Дизайн. Научно-практический журнал. Спец.выпуск.2019, с.131-134. (05.00.00 №4).

Файзиев Х., Жўраев К.Т. Каналларда фильтрация натижасида сувни йўқотилишига қарши кураш масалаларини бугунги ҳолати. Архитектура. Қурилиш. Дизайн. Илмий амалий журнал. Махсус сони. 2019, с.286-288. (05.00.00 №4).

Файзиев Х., Жўраев К.Т. Ер ости сувлари фильтрация босимини канал қопламаларига таъсирини камайтириш чора тадбирлари. Архитектура. Қурилиш. Дизайн. Илмий амалий журнал.№ 4. 2019, с.185-187. (05.00.00 №4).

Горбачев Р.М. Водопроницаемость бетонной облицовки оросительных каналов. - В сб. Научных трудов Средазгипроводхлопка. Вып.4, 1973, с.49-63.

Загрузки

##submissions.published##

2023-05-16