EL SEVGAN USTOZ Mengliyev Baxtiyor Rajabovichning Shogirdlarga maktublar (Ustozimning o‘gitlari) kitobiga
Аннотация
ANNOTATSIYA
Ushbu taqriz Baxtiyor Mengliyevning “Shogirdlarga maktublar” kitobi tadqiqiga bag‘ishlangan bo‘lib, muallifning hayot, ilm, ta’lim xususidagi qarashlari tahlil etilgan. Ilm yo‘liga kirgan kishining yo‘lidagi to‘siqlar, uni yengib o‘tish yo‘llari, maqsadga yetish vositalari; inson hayotida amal qilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar; ta’lim tizimidagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish usullari muallif shaxsiy qarashlari misolida ochib berilgan. Shuningdek, dissertatsiya yozish tamoyillari, ishning rejasi, maqola yozish strategiyasi, ilmiy ish va monografiya farqlari, dissertatsiya himoyasi jarayonida dissertant nutqida amal qilishi lozim bo‘lgan xususiyatlar tahlil etilgan.
Kalit so‘zlar: hayot, ichki ishonch, ilm, muvaffaqiyat, dissertatsiya, maqola, ilmiy maktab, nazariya va amaliyot, ta’lim, ma’ruza, aforizm