ANTROPONIM KOMPONENTLI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING MILLIY-MADANIY SEMANTIKASIGA DOIR (fransuz tili materialida)
Аннотация
ANNOTATSIYA Ushbu maqolada antroponim komponentli frazeologik birliklarning milliy-madaniy semantikasi haqida so‘z yuritiladi. Fransuz tili materialida badiiy prototipli frazeologik birliklar tahlil qilinib, ularning madaniy merosi va tarixiy asoslari badiiy asarlardan olingan misollar asosida tahlil qilindi. Shuningdek, antroponimlarning frazeologik birlik komponenti sifatida ko‘pincha madaniyat, tarix yoki urf-odatlarni aks ettirishi va frazeologik birliklarning umumiy ma’nosini kuchaytirishi ochib berilgan. Shu bilan birga, badiiy prototipli frazeologik birliklarda qo‘llanilgan antroponimlar orasida asar muallifi tomonidan tanlangan fiktonimlar alohida o‘ringa ega ekanligi aniqlangan, ular orasida turdosh otdan atoqli ot sifatida foydalanilishi, fe’l shakllaridan olingan, xorijiy turdosh otdan kelib chiqqan va xorijiy antroponimlarni asar qahramoni uchun tanlab olish holatlari tahlil qilingan.Kalit so‘zlar: Lingvomadaniyat, frazeologik birliklar, antroponimlar, prototip, milliy-madaniy semantika, fiktonimlar, onimlar.