FE’L ASOSLI GAPLARNING HOLAT VALENTLIGI
Аннотация
ANNOTATSIYA
Maqolada fe’l asosli gaplarning holat valentligi uning agens (subekt) holatini o‘xshatish asosida ifodalashi, holat aktanti fe’lli birikmalarning mutlaq tobe komponenti pozitsiyasida qiyos etaloni bo‘lib kelishi, qiyos etaloni vazifasida ot, ba’zan sifatdoshlar, asosan, -dek, (-day) qiyos ko‘rsatkichlari bilan o‘xshatish formasini tuzishi haqida fikr yuritiladi. Bunday hollarda -dek (-day) formanti holat fe’li bilan qiyos etalonini biriktiruvchi vazifa bajaradi, ot (-dek) + fe’l modelli komporativ konstruktsiya shakllanadi. Maqolada komporativ konstruktsiyaning yuzaga kelishida bo‘l, kabi, singari, qatori kabi qiyos ko‘rsatkichlarida ham ot, ba’zan sifatdosh bilan qo‘llanib, analitik formani tuzadi, qiyoslash jarayoni amalga oshadi
Kalit so‘zlar: fe’l ,holat valentligi,ot sifatdosh, qiyos ko‘rsatkichlari, formant