ERTAKLARNI O’QITISHDA YOVUZLIK VA EZGULIK TIMSOLLARINI BAYON ETISH USULLARI
Аннотация
ANNOTATSIYA
Ertak xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy, ommaviy janrlaridan biridir. Ertakning paydo bo‘lishida qadimiy urf-odat, marosimlar va miflar hal qiluvchi rol o‘ynagan. Ertaklarning mustaqil janr sifatida qaror topishi real voqea va hodisalar, olam haqidagi ibtidoiy tushunchalar xayoliy formada ifodalangan davrlardan boshlangan. Chunki bu davrlarda aniq voqea va hodisalar, urug‘ va qabilalar turmushi bilan bog‘liq miflar, an’anaviy urf-odatlar o‘z kuchi va maishiy vazifasini yo‘qotib, kishilar ongida g‘aroyib narsa bo‘lib anglashila boshlagan edi. Ana shu real voqea va hodisalarning badiiy talqini ertak tarkibidagi epik motivlarni yuzaga keltirgan. Ertak motivlarining dastlabki namunalari ta’limiy-didaktik xarakterda bo‘lib, keyinchalik ijtimoiy-maishiy mohiyat kasb etgan. Har bir motiv esa xayoliy va hayotiy mohiyat kasb etgan.
Kalit so‘zlar: ertak motivlari, qadimiy urf-odatlar, marosim va miflar, urug‘ va qabilalar, ta’limiy-didaktik xarakter.