MURAKKAB SINTAKTI QURILMALAR DERIVATSIYASI VA ULARNING JAHON TILSHUNOSLIGIDA O’RGANILISHI

Авторы

  • Xayrullayev X.
  • Xamrayeva Z.

Аннотация

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada murakkab sintaktik qurilmalar tushunchasi, ularning derivatsiyasi va semantik tahlili tilshunoslikning nazariy hamda amaliy yondashuvlari asosida tadqiq qilingan. Tadqiqot natijasida sintaktik birliklarning shakllanishi va murakkablashishida lingvistik hamda ekstralingvistik omillar teng ahamiyatga ega ekanligi ilmiy asoslangan. Shuningdek, turli lingvistik maktablar doirasida ushbu masalaga oid ilgari surilgan nazariy qarashlar o‘rganilib, ularning qiyosiy tahlili keltirilgan. Bu tahlil natijasida murakkab sintaktik qurilmalar gap va abzas oralig‘idagi sintaktik birlik sifatida shakllanishi hamda uning mikromatn xususiyatiga ega ekanligi ta’kidlangan. Bundan tashqari, maqolada murakkab sintaktik qurilmalar sintaktikasi, ularning komponentlararo munosabatlari va semantik xususiyatlari formal-struktur hamda mazmuniy sintaksis nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida antroposentrik paradigma mezonlariga tayangan holda ushbu qurilmalar lingvistik jihatdan o‘rganilgan.

          Kalit so‘zlar: murakkab sintaktik qurilma, derivatsiya, semantik tahlil, lingvistik omil, ekstralingvistik omil, mikromatn, qo‘shma gap, sintaktik birlik, tilshunoslik nazariyalari.

Загрузки

Опубликован

2025-06-13