ALISHER NAVOIYNING “SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDA ARAB TILIDAN O’ZLASHGAN TERMINLAR
Аннотация
ANNOTATSIYA
Terminlar har doim ham o‘z qatlamga mansub bo‘lavermaydi. Biror soha qaysidir yurtda rivojlansa, shu sohaga oid terminlar dunyo bo‘ylab kengaya boradi. Buni biror sport yoki harbiy soha misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Boshqa tildan kirib kelayotgan termin shundayligicha qabul qilinadi. Tarjima qilinmaydi. Shunday ekan, o‘z qatlamga mansub terminlar katta guruhni tashkil etmaydi. Dostonda qo‘llangan o‘z qatlam terminlari ham bundan mustasno emas.
Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonida arab va fors-tojik tiliga mansub terminlar katta o‘rin egallaydi.
Arab tili o‘sha davrda dunyoning eng mashhur, rivojlangan tillaridan biri edi. Bu davrda arab ilm-fani barq urib gullagan, juda ko‘p madrasalar tashkil qilingan va unda dunyoning turli burchaklaridan kelgan talabalar ta’lim olishar edi. Arab tilida ko‘plab kitoblar, darsliklar yozilgan, tadqiqotlar olib borilgan. Buning natijasida ko‘plab terminlar arab tilidan olingan va boshqa tillarga o‘zlashgan.
Kalit so‘zlar: o‘zlashgan qatlam, qaranful, obnus, sandal, misvok, ummat, me’roj, buroq, muhri nubuvvat, muboh.